✔️ Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich ishtirok etib, zilzila sodir bo‘lganda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari, aholini evakuatsiya qilish tartibi hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga zilzila vaqtida va undan keyin xavfsizlik choralariga rioya qilish, sarosimaga tushmaslik, o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — aholining, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorgarligini oshirish, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishdan iborat.