Umumiy ma'lumot
O'zbekiston Nogironlar jamiyati (keyinchalik matnda Nogironlar jamiyati) — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 18-sanli Qaroriga asosan tashkil etilgan bo'lib;
- mamlakatimizda nogironlarga teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy hayotda faol qatnashishlari uchun ko'maklashish, ba'qoli qudrat mehnatga jalb etish, ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilishda ko'maklashish, ularning huquqlarini himoya qilish borasida faoliyat yuritadigan;
- Respublikamizning barcha viloyat, shahar-tumanlarida hududiy bo'lim va bo'linmalariga ega bo'lgan;
- nogironlar tashkilotlari ichida mamlakatimizda nogironligi bo'lgan jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan eng yirik NNT tashkilot hisoblanadi.
Jamiyat vazifalari va funksiyalari
O'zbekiston Nogironlar jamiyatining Nizomi
O'ZBEKISTON NOGIRONLAR JAMIYATINING NIZOMI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. O'zbekiston Nogironlar jamiyati (bundan keyin matnda «Jamiyat» deb yuritiladi) o'z a'zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, uning tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasidir.
2. Jamiyat o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari kafolatlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonunlar hamda mazkur Ustav asosida amalga oshiradi.
3. Jamiyat o'z faoliyatini oshkoralik, kollegiallik, o'zaro hurmat, teng huquqlilik, ixtiyoriylik va jamoat fikrini hisobga olish tamoyillari asosida yuritadi.
4. Jamiyat O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, hududiy bo'limlari hududiy Adliya boshqarmalaridan belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng yuridik shaxs hisoblanadi.
5. Ustav maqsadlariga erishish uchun jamiyat boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'lishi mumkin, sudda da'vogar va javobgar sifatida ishtirok etadi.
6. Jamiyat o'z nomiga, muhr va shtamplariga hamda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tgan ramziga, tegishli bankda hisob va valyuta raqamlariga ega bo'lish huquqiga ega.
7. Jamiyat o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.
8. Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o'zining hududiy bo'lim va bo'linmalarini tashkil etish huquqiga ega.
9. Jamiyatning faoliyati nomuayyan muddatga tashkil qilingan.
10. Jamiyat o'z majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan barcha mol-mulki bilan javob beradi.
11. Jamiyatning to'liq nomi: O'zbek tilida: O'zbekiston Nogironlar jamiyati. Rus tilida: Obshchestvo invalidov Uzbekistana.
12. Jamiyatning joylashgan eri: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Indeks 100000, Sharofobod ko'chasi, 5 uy.
13. Jamiyatning pochta manzili o'zgargan taqdirda, bu haqda uni ro'yxatdan o'tkazgan organga xabar beradi.
2-BOB. JAMIYATNING MAQSAD VA VAZIFALARI
- nogironligi bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini jamiyat a'zoligiga jalb etadi;
- nogironlarga qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlarni amalga oshirishda yordam beradi;
- nogironlarga teng imkoniyatlar yaratishga yo'naltirilgan takliflar ishlab chiqadi;
- nogironlarni maqsadga muvofiq ishga joylashtirishga yordam beradi;
- nogironlikni profilaktika qilishda qatnashadi;
- nogironlarga ta'lim olishlari, kasb tanlashda va malakasini oshirishda ko'mak beradi;
- ishlab chiqarish bazasi, madaniy-ma'rifiy va sport-sog'lomlashtirish muassasalarini yaratadi;
- davlat organlari bilan o'zaro axborot almashadi;
- nogironlar manfaatlariga tegishli masalalarni yechishda qatnashadi;
- jamiyat a'zolariga huquqiy xizmat ko'rsatadi;
- sog'lom turmush tarzini targ'ib qiladi;
- hayriya va homiylik yordamlarini olishi mumkin;
- nogiron bolalar ijtimoiy reabilitatsiyasi bilan shug'ullanadi;
3-BOB. JAMIYATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
- a'zolarining huquq va manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
- ijtimoiy masalalar bo'yicha tashabbuslar bilan chiqish;
- qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- axborot tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish;
- yig'ilishlar va konferensiyalar o'tkazish;
- soliq imtiyozlaridan foydalanish;
- qonun hujjatlariga rioya etish va hisobotlarni taqdim etish.
4-BOB. JAMIYAT A'ZOLARI, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Jamoat tashkilotlari jamoa bo'lib a'zo bo'lishlari mumkin. A'zolik qabul qilish tartibi Markaziy Ra'yasat qarori bilan belgilanadi.
- rahbar organlariga saylanish va saylash huquqiga ega;
- yuqori organlarga murojaat qilish;
- ma'naviy va moddiy rag'batlantirish;
- o'z xohishiga ko'ra a'zolikdan chiqish.
5-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDA
1. Jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu nizom O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2014 yil 21-noyabrdagi 514p-sonli qarori bilan ro'yxatga olingan.